Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobus piyodalarni urib yubordi
2.05.2021 13:07,  
308

Joriy yilning 28 aprel kuni soat 13:45 atrofida, 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi  haydovchi avtobusni THAY ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda, Yurak qon tomir jarrohlik klinikasi bekatida unga nisbatan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to‘xtab qolishi natijasida avtobusni o‘ngga burgan va bekat yonida turgan 2 ta piyodani turtib yuborishi natijasida Yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan, "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining “Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi”  xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari o‘tkazildi. Tezkor tadbir natijasida mazkur avtobus "12-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, saroy raqami 594 bo‘lgan, 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi "Mersedes Benz LF" rusumli avtobus haydovchisi M.A ekanligi aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyodalar N.D va O.L larga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil tan jaroxati yetkazilgan va 16-Tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga yetkazilib,tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi  piyodalarning ahvoli yahshi ekanligi aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi alomatlari mavjudligini inobatga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан