Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobus va metroda qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
20.10.2020 10:19,  
223

Bugungi kunda Toshkent shahrida 129 yo‘nalishda mingdan ortiq avtobus yo‘nalishga chiqyapti. Avtobusda tashilayotgan yo‘lovchilar soni o‘rtacha 300 mingni, metropolitenda esa 130 mingni tashkil qilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev ma’lum qildi:

— Yo‘lovchilar koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori ekanini inobatga olib, Rossiya va AQSh tajribalarini o‘rganib, yo‘lovchilarga bir martalik qo‘lqoplarni tarqatib, 19 oktyabrdan avtobus va metroda qo‘lqopdan foydalanish talabi kiritildi.

Buning eng asosiy sababi — har bir yo‘lovchi bir kunda o‘rtacha 20-30 daqiqani transportda o‘tkazadi. Shu davrda yo‘lovchilarimizga chiptachilar, haydovchilar hamda metrodagi kassa va metro operatorlari tomonidan bepul bir martalik qo‘lqoplar tarqatilmoqda. Metro, avtobus tutqichlari qo‘lqoplardan foydalangan holda ushlansa, kasallikni yuqtirib olish xavfi kamayadi.

Chiqindi qutilari qo‘lqoplarga to‘lib ketmasligi uchun metro va avtobus bekatlarida qo‘shimcha maxsus qutilar o‘rnatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан