Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshirilmoqda
13.12.2021 08:46,  
300

1 yanvardan Toshkentda avtobus va metropolitenda yo‘lkira narxi oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimining “Yangi tariflar joriy qilinishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar jamoat transportida yo‘lkirani naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshirishda 1 700 so‘m, bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun 3000 so‘m etib belgilash rejalashtirilmoqda.

Qarorda keltirilishicha, yo‘lkira haqi yig‘ilishida shaffoflikning ta’minlanishi shahar jamoat transportida naqd pul orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar soni kamayishi evaziga transport kartalaridan foydalanuvchilarning soni va ulardan tushadigan mablag‘larning keskin o‘sishiga, ular tomonidan cheklangan tariflar asosida ko‘riladigan zararlar miqdorining kamayishiga olib keladi.

2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga binoan, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi avtobus saroylari hamda “Toshkent metropoliteni” UKning kutilayotgan umumiy zarari miqdori kamayishi evaziga shahar mahalliy byudjetida 128-130 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar tejalishi kutilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан