Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobuslar harakati tiklandi, biroq ayrim istisnolar bor
8.06.2020 07:55,  
590

8 iyun, dushanba kunidan boshlab “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishlarga 1067 ta turli rusumdagi (Mersedes Bens, MAN, SAZ va Isuzu) avtobuslar ishga chiqariladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.

Shu bilan birga qator yo‘nalishlardagi avtobuslar Toshkent viloyatining “qizil” hudud deb e’lon qilingan tumanlari Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlari hududigacha harakatlangani uchun ular vaqtinchalik faoliyat yuritmaydi. Bu yo‘nalishlar quyidagilar:

8t, 9, 16, 25, 42, 56, 65, 74, 84, 101, 103, 115, 120, 134, 135, 144, 145, 148, 188, 198, 199 (jami 21 ta).

Shuningdek, 3 ta (75, 106, 160-sonli) avtobus yo‘nalishlarining faoliyati faqatgina Toshkent shahri hududida Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda tashkil etiladi.

Faoliyati qayta tiklanadigan yo‘nalishlarning harakati Maxsus komissiya bayoni qaroriga ko‘ra, soat 6:00 dan 22:00 gacha tashkil qilinadi.

Barcha avtobus saroylari rahbarlari tomonidan yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida navbatchilik tashkil qilinadi.

Yo‘nalishlarning so‘nggi bekatlarida avtobuslarni doimiy ravishda har bir qatnovga jo‘nashdan oldin to‘liq dezinfeksiya qilinadi.

Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlanadi va o‘z vaqtida almashtirilishi ta’minlanadi.

Avtobuslar saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан