Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda avtobuslarda tegajog‘lik haqida xabar berish uchun favqulodda tugmalar o‘rnatiladi
17.11.2021 09:18,  
69

Toshkentdagi avtobuslarda transportda jinsiy zo‘ravonlikka urinishlar haqida xabar berish uchun favqulodda qo‘ng‘iroq tugmasi o‘rnatilmoqda. Bu haqda bloger va jamoat arbobi Aziza Umarova o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, 2021 yil avgustda aholi orasida jamoat transportida tegajaklik qilish holatlari yuzasidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomada 100 ga yaqin respondent ishtirok etgan.

Ishtirokchilarning 77,5 foizini ayollar22,5 foizini erkaklar tashkil qilgan.

So‘rovnoma xulosasiga ko‘ra, 12,5 foiz ovoz doimiy ravishda, 40 foizi esa bir yoki ikki marta jamoat transportida shu kabi holatlarga duch kelgani aytilgan. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada qatnashganlarning 60 foizi tegajaklik holatiga duch kelgan. Ularga mazkur holatda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida savol berilgan.

Respondentlarning 51 foizi qanday yo‘l tutishni bilmasligini aytgan. "Nega jabrlanuvchilar yordam so‘rashga harakat qilmaydi?" degan savolga quyidagi javoblar berilgan:

—  O‘zimni qanday tutishni bilmayman - 49 foiz;
—  Aybdorning jazolanishiga ishonmayman - 22 foiz;
—  Aybdorlik va uyat hissi - 19,5 foiz;
—  Aybdordan qo‘rqish hissi - 8,5 foiz.

Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilarining 87 foizi bu muammoni juda dolzarb baholagan. 93 foiz ishtirokchi zo‘ravonlikning oldini olish uchun ishlatiladigan chora-tadbir haqida tushunchaga ega emasligini aytgan.

Qayd etilishicha, "Toshshahartransxizmat" AJ zo‘ravonlik holatida chiptachi yoki haydovchiga murojaat qilish kerakligi aytib o‘tilgan yangi namunadagi yo‘l chiptalarini chiqarishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, transportda favqulodda xabar qilish tugmasi o‘rnatilishi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан