Sergelida tumanidagi qurilishda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.
“12.07.2019 yil kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.
Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.
Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Hozirda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.