Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bankomatdan 165 mln so‘m o‘g‘irlagan yigit ushlandi
30.09.2021 19:50,  
187

18 sentyabr kuni soat 00:50 larda Yashnobod tumanining Aviasozlar-2 dahasida Xalq banki tomonidan o‘rnatilgan bankomatlardan biridagi 165 mln so‘m o‘g‘irlab ketilgani haqida IIBBga ma’lumot berilgan.

Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari niqoblangan gumonlanuvchini issiq izidan qo‘lga olgan.

Aniqlanishicha, 24 yoshli, bir necha marta sudlangan Samir o‘g‘irlangan pullarni o‘z xarajatlariga ishlatib yuborgan. Qo‘lga olinganida uyidan 73 mln so‘m topilgan. Uning aytishicha, u o‘sha kuni jinoyatni amalga oshirishdan oldin spirtli ichimlik ichgan.

Holat bo‘yicha JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish ochilgan. Unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан