Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda bayroq ishlab chiqarish va uni sotish yo‘lga qo‘yiladi
4.09.2021 09:32,  
123

Mustaqillik bayramida fuqarolar poytaxt ustunlariga o‘rnatilgan davlat bayroqlarini bilan yechib olib, mashinalariga o‘rnatgan edi. Buning uchun ular Toshkent shahar IIBB tomonidan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgandi.

Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, yoshlar ko‘chalarga ilingan bayroqlardan bayram kayfiyatini namoyon etish, g‘urur va iftixor ramzi sifatida foydalangan.

O‘zbekiston bayrog‘i millatimiz g‘ururi, xalqimiz faxri. Ayniqsa, bayram kunlari korxona-tashkilotlar peshtoqlarida, barcha ko‘chalarga ilingan bayroqlar shahrimizga o‘zgacha fayz beradi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi nishonlanayotgan shu kunlarda yoshlarimiz ko‘chalarda bayroqlarni mag‘rur ko‘tarib, Vatanimizga muhabbati, bayrog‘imizdan faxrlanishini namoyon etmoqda va bu har yili kuzatiluvchi holat. Yoshlarimiz ko‘chalarga ilingan bayroqlardan bayram kayfiyatini namoyon etish, g‘urur va iftixor ramzi sifatida foydalangan. Yoshlarimizning ushbu harakatlari Toshkent shahar hokimligining xatosi tufayli, ya’ni bayroqlar zaxirasi va sotuvi shu kungacha yo‘lga qo‘yilmaganligi sabablidir. Zero, Toshkent shahar hokimligi ayni holatga avval ham duch kelgan bo‘lsa-da, shu kungacha tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilib, sotuvda bayroqlar muntazam bo‘lishini ta’minlamagan.

Toshkent shahar hokimligi ushbu xatoni yana takrorlamaslik uchun, ayni kunlardagi holatdan xulosa qilgan holda, ishlab chiqaruvchilar va ishbilarmonlarga murojaat qilib, milliy bayrog‘imizni ishlab chiqarish, zaxirasini yaratish va sotuvda bo‘lishini ta’minlashga chaqiradi hamda bu boradagi takliflarni ko‘rib chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан