Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
15.07.2020 09:47,  
367

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 66 yoshli I.I.da (erkak) joriy yilning 5 iyulida hansirash, yo‘tal paydo bo‘lgan va uy sharoitida davolanishni boshlagan. 

Ammo ahvoli og‘irlashavergach, 8 iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygani sababli reanimatsiya bo‘limiga  yotkizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas hamda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas, surunkali buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 68 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 14 085 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 8 327 kishi kasallikdan tuzalgan. 5 691 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, ulardan 52 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан