Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi
18.10.2019 12:07,  
301

Yashnobod tumanida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 17 oktyabr kuni soat 10:45da 102 raqamiga Yashnobod tumanidagi Kichik xalqa avtomobil yo‘lida beshta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar kelib tushdi.

"Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi 40 yoshli Baxtiyor A. svetoforning taqiqlovchi signaliga to‘xtagan.

Biroq, masofa saqlanmaganligi tufayli quyidagi avtomobillar ishtirokida birin ketin to‘qnashuvlar yuz bergan: "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 32 yoshli Zoir I., "Kobalt" rusumli avtomobilda 50 yoshli Saydulla Sh., "Kaptiva" rusumli avtomobilda 19 yoshli Jahongir A. va "Neksiya" rusumli avtomobilda 56 yoshli Mirahmad A. Voqea sababli hech kim jabr ko‘rmadi.

“Hurmatli haydovchilar! Unutmang, zarur bo‘lganda muammosiz to‘xtashga imkon bo‘ladigan tezlikda masofa saqlagan holda harakatlanishingiz kerak. O‘zingizni ehtiyot qiling! Sizning sog‘lig‘ingiz hamda avtomobilingizning butunligi o‘z qo‘lingizdadir”, - deyiladi IIBB ma’lumotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан