Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi
21.07.2020 10:13,  
409

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida «O‘tkir strangulyasion ingichka ichak tutilishi» tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi Ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operatsiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda o‘tkir strangulyasion ichak tutilishi hamroh xastaligi bo‘lgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан