Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda BMW X5 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ag‘darilib ketdi (foto)
15.12.2020 13:22,  
695

Toshkent shahri Uchtepa tumanida 22 yoshli haydovchi BMW X5 mashinasining boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 dekabr kuni soat 12:10 da Toshkent shahar Uchtepa tumani To‘qimachi ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. BMW X5 avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilib, avtomobil ag‘darilgan.

«Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан