Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «chiroyli» avtoraqamlarning narxlari arzonlashtirildi (ro‘yxat)
4.06.2020 17:13,  
2892

Hukumat qarori (350-son, 04.06.2020 y.) bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, «chiroyli» raqamlar 6 ta toifaga ajratildi (ilgari 3 ta toifa edi).

Shuningdek, ayrim «chiroyli» raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 333, 444, 666, 999 raqamlar kombinatsiyasi 1-toifadan 2-toifaga o‘tkazilgan bo‘lsa, 003, 004, 006, 008, 009, 030, 040, 303, 400, 404, 600, 900, 909 kabi raqamlar 2-toifadan 3-toifaga o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi 2-toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (ilgari 40 baravar), bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (ilgari 50 baravar) etib belgilandi.

Oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining ro‘yxati quyidagi berilgan:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан