Toshkentda Cobalt haydovchisi 39 yoshli piyodani urib yubordi

Toshkentda Cobalt haydovchisi 39 yoshli piyodani urib yubordi

Toshkentda Cobalt haydovchisi belgilanmagan joydan o‘tmoqchi bo‘lgan 39 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 30 yanvar kuni taxminan soat 00:10 da yuz bergan. Shayxontohur tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida Buxoro viloyatida tug‘ilgan 26 yoshli Uchqun R. Cobalt’ini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan o‘tmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 39 yoshli erkak Q.N.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan badan shikastlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda