Toshkentda COVID-19 bilan kasallanganlar uchun taqsimlash markazlari ochiladi

Toshkentda COVID-19 bilan kasallanganlar uchun taqsimlash markazlari ochiladi
1 iyul kuni kechasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev DXX tasarrufidagi “Yoshlik” sport-sog‘lomlashtirish majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu majmuada 2 iyuldan boshlab koronavirusga gumon qilingan bemorlarni qabul qilish va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha taqsimlash markazi sifatida ochiladi. Hokim 500 o‘rinlik markaz sharoitlari bilan tanishdi. 

Jahongir Ortiqxo‘jayev 3 iyuldan 770 o‘rinlik “Universal” sport majmuasidagi taqsimlash markazi ham qayta ochilishini ta’kidladi.
 
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasidagi taqsimlash markazi 5 iyuldan ochilishi rejalashtirilmoqda. Toshkentda umumiy hisobda 2 mingdan ortiq o‘ringa ega zahira shakllantiriladi.