Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda er o‘z xotini bilan yozishgan erkakning jinsiy a’zosini kesib oldi
21.08.2019 17:35,  
181

Toshkentda er o‘z xotini bilan yozishgan erkakning jinsiy a’zosini kesib oldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Xabarda aytilishicha, maktablarning birida dars beruvchi ayol ta’lim maskanida qorovul bo‘lib ishlaydigan erkak bilan internetda yozishib yurgan. Eri shubhalanib qolmasligi uchun ayol o‘z jazmani telefon raqamini "Maqsuda opa" nomi bilan saqlab qo‘ygan.

O‘zaro janjaldan so‘ng, er xotinining telefonini tekshirib ko‘radi va "Maqsuda opa"dan kelgan "seni sog‘indim", "sevaman", "bag‘rimga bosishni xohlayman" degan xabarlarga ko‘zi tushadi.

Shundan so‘ng, ayolning turmush o‘rtog‘i ertasi kuni kechasi maktab tomon yo‘l oladi va qorovul bilan uchrashadi. Unga ayoli bilan qanday munosabatda ekanligidan xabardorligini ma’lum qiladi. Muloqot vaqtida, g‘azab otiga mingan er qorovulni urib hushidan ketgazgan va so‘ngra uning jinsiy a’zosini kesib olgan.

Ayni vaqtda ayblanuvchi qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qurbon holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан