Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Yevropa harakatlanish haftaligi boshlandi (video)
16.09.2020 12:10,  
103

16-22 sentyabr kunlari yurtimizda Yevropa harakatlanish haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda «Toshshaxartransxizmat» AJ xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haftalik velosiped uchun qulay, xavfsiz va barqaror shahar muhiti to‘g‘risida umumiy tasavvur yaratish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik, birgalikdagi sa’y-harakatlar va fikr almashishga qaratilgan.

Yevropa harakatlanish haftaligi doirasida Toshkent aholisi #ToshkentVeloUchun tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, har kungi velosiped yo‘nalishida kamida bitta ko‘chani sinovdan o‘tkazishga va shu bilan Toshkentning velo-xaritasini yaratishga yordam berish va sovrinlar o‘yinida qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar velosipedni suratga olishlari, uni Facebook'dagi Yevropa harakatlanish haftaligi sahifasida joylashtirishlari va ko‘chaning nomini qayd etishlari kerak.

 

Shunday qilib, ishtirokchi avtomatik ravishda 23 sentyabr kuni sovrinli yutuqlar tanloviga kiritiladi va uchta shahar velosipedlaridan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан