Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda Fransiyaning «Le Kordon Blyu» oliy maktabi filiali ochilishi mumkin
25.02.2020 15:51,  
82

Toshkent shahar hokimi Fransiyaning «Le Kordon Blyu» mehmonxona servisi va kulinariya oliy maktabi Xodimlarni saralash va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Filipp Rosheron bilan uchrashdi.

Filipp Rosheron O‘zbekiston iqtisodiyotida va turli sohalarda yuksalish kuzatilayotganini e’tirof etdi. Aynan ularning oliy maktabi bitiruvchilari orasida toshkentlik Diyora Karimova bo‘lganligini, bu qiz o‘qishni tugatib qaytgach, poytaxtda ikkita va Rossiyada 1 ta kafe ochib, biznesni muvaffaqiyatli yuritayotganligini ma’lum qildi hamda O‘zbekiston va Toshkentda bunday yoshlar ko‘p ekanligiga ishonch bildirdi.

Hozirda dunyoning 20 ta davlatida 125 yillik tarixga ega «Le Kordon Blyu» mehmonxona servisi va kulinariya oliy maktabi bilan hamkorlikda institutlar ochilganligi va ularda asosan texnik(oshxonada ishlash, novvoylik, qandolatchilik), ishbilarmonlik, mehmonxona biznesi va jamoa boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanishini, ta’lim magistrlar uchun 1 yillik, bakalavrlarga 3 yillik dasturlarda olib borilishini aytib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimi mazkur oliy maktab bilan xizmat ko‘rsatish sohalari uchun mutaxassislar tayyorlash va kelgusida «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filialini Toshkentda ochish yuzasidan muzokaralarga tayyorligini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан