Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda fuqarolarni majburlab avtobus solayotgan IIV xodimlari bo‘yicha tushuntirish berildi (video)
1.06.2020 16:39,  
1971

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan videosi tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi hodisaga nima sabab bo‘lganiga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun 1 iyun ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi «Toshkent» savdo majmuasi va «Do‘stlik» buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilgan.

Tadbir vaqtida bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan.

«Hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz,» - deyiladi IIV xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан