Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilganlar ushlandi
3.06.2021 13:34,  
554

Toshkent shahrida 21 may kuni fuqaroning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilganlar ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, soat 12:00 atrofida Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Unda 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.O‘. bilan birgalikda unga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli J.Sh.ning behayo suratlarini Telegramda «Limon» nomli sahifa ochib, J.Sh.ga behayo suratlarini yuborib, uni oila a’zolariga tarqatish bilan qo‘rqitib, 60 000 dollar berishini talab qilgan. So‘ng 2250 dollarga kelishib, A.O‘. Yunusobod tumani «Megaplanet» savdo markazi oldida J.Sh.dan 2000 dollar va 3 000 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida A.J.ning telefon apparati xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, ushbu fuqaro muqaddam 26 yoshli R.Z.dan ham suratlarini tarqatmaslik evaziga 10 000 000 so‘m pullarni talab qilib, 6 000 000 so‘mni pochta orqali olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан