Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda fuqaroning uyidan 127 ming dollarni o‘g‘irlab ketgan guruh ushlandi
3.09.2020 11:45,  
452

Shu yilning 27 avgust kuni taxminan soat 00.30 da Olmazor tumanida bir necha kishi yuzlarini niqob bilan berkitgan holda ochiq qolgan uyga kirishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bosqinchilar o‘tkir buyum bilan qo‘rqitib, u yerdan 127.000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketishgan. Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi («Bosqinchilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar davomida gumonlanuvchilar – 38 yoshli muqaddam sudlangan Shuhrat N., 24 yoshli muqaddam sudlangan Ergash U., 31 yoshli Shonurmuhammad Sh., 27 yoshli muqaddam sudlangan Sardor S.lar qo‘lga olindi. 22 yoshli muqaddam sudlangan Komiljon U.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан