Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda gaz ta’minoti raqamlashadi
2.05.2020 19:40,  
201

“Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish maqsadida sohalarda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan tajriba sifatida Yakkasaroy tumani “Sara Bo‘ston” ko‘chasida joylashgan 300-sonli gaz taqsimlash punktiga modem o‘rnatildi. Bu haqda "Hududgaz Toshkent shahar" MChJ matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu modem orqali “Hududgaz Toshkent shahar” MChJ tomonidan iste’molchilarga xavfsiz va bir me’yorda gaz ta’minotini yetkazilish monitoringini, ya’ni kuzatish imkoniyatini beradi. 

—  Mazkur kuzatuv jarayoni markaziy avariya-dispetcherlik xizmati tomonidan kechayu-kunduz amalga oshiriladi. Ya’ni, joylardagi gaz taqsimlash punktida gaz bosimini yuqori yoki past bo‘layotgan darajasini aniq vaqti bilan ko‘rsatib turadi. Eng muhimi, bu iste’molchilarning xavfsizligini oldini olish, hamda bir me’yorda gaz ta’minoti bilan ta’minlanishiga erishiladi. 

Mazkur monitor orqali yer osti gaz quvurlarining joylashuvi, diametri, hamda aniqlangan nosozliklar bo‘yicha gaz quvurlarini vaqtincha gaz ta’minotidan to‘xtatib turilishida qulayliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.  

Har qanday nosozlik yoki sodir bo‘lgan holatlarni vaqtida aniqlash va zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, Avariya dispetcherlik xizmatiga Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining 101 va Ichki ishlar boshqarmasining 102 qisqa telefon raqamlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa vositalari o‘rnatilgan bo‘lsada, mazkur texnologiya ham yana bir muhim vazifani — xavfsizlikning oldini olishga xizmat qiladi, — deydi “Hududgazta’minot” AJ bosh muhandisi Doniyor Saydaliyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан