Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda giyohvandlik moddasini ishlab chiqarish uchun "laboratoriya" ochgan talabalar ushlandi
2.12.2021 10:08,  
200

Toshkent shahrida ijaraga olingan uchta xonadonda "mefedron" sintetik giyohvandlik moddasini yashirin laboratoriya sharoitida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganlar ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur xonadonlarda 892 gr "mefedron" 45 gr "alfa-P" va posintetik moddalari hamda xomashyo sifatida foydalaniladigan 360 litrdan ortiq zaharli kimyoviy moddalar va zarur asbob uskunalar borligi aniqlandi.

Shuningdek, guruh a’zolari tomonidan xilvat joylarga yashirib qo‘yilgan 898 gr "mefedron" moddasi, 15 litr va 12 kg miqdoridagi turli hil kimyoviy moddalar hamda 8 litr "bromketon" olib qo‘yildi.

Bundan tashqari, noqonuniy yo‘llar bilan "bitkoin" kriptovalyutasida jamg‘arilgan 113 ming 773 AQSh dollari musodara qilindi.

Qayd etilishicha, 1992 va 2000 yillar oralig‘ida tug‘ilgan guruh a’zolarining 3 nafari Toshkent va xorijdagi nufuzli OTMlari talabalari ekani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik moddalarini chet eldan kirib kelgan ham chek qo‘yildi.

Xususan, yuk mashinasida chet eldan keltirilgan elektrosamokat ichiga yashirib qo‘yilgan 1 kg 994 gr "mefedron" va 499 gr "spays" moddalari hamda 6 dona "gashish" kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida toshkentlik 25 yoshli muqaddam sudlangan shaxs ushlandi.

Shuningdek, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro xorijdan yuk mashinasida olib kelingan elektrosamokat ichiga yashirib qo‘yilgan 500 gr geroin, 947 gr gashish, 500 dona LSD nomli giyohvandlik modda va 60 dona gashish kapsulasini qabul qilib olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar Toshkentda internetda giyohvandlik moddasini sotuvchi guruhning faol a’zolari bo‘lib, katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini sotish va tarqatish bilan shug‘ullangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан