Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda haydovchi YPX xodimini g‘isht bilan urib, qo‘rqitmoqchi bo‘ldi
2.04.2021 11:02,  
404

Toshkent viloyatida ‘GAI’ning duxini sindirish bo‘yicha master klass sarlavhali xabarlar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea 31 mart kuni 4R-6 Toshkent–Chimyon avtomobil yo‘lining 17-kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB yo‘l-patrul xizmati xodimi A.Abdurahimov haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi «DAF TE 105 XF» rusumli yuk avtomobilini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangani uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan.

Qayd etilishicha, o‘zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganidan g‘azablanib, yerdan qo‘liga qattiq jism olib, jism bilan urish niyatida inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. Holat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан