Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda homilador ayolni qiynagan aka-uka bosqinchi qo‘lga olindi (video)
12.12.2020 13:13,  
1162

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning biriga 30 noyabr kuni ikki kishidan iborat jinoiy guruh bostirib kirib, jinoyat sodir etishadi. Bu haqda «Toshkent» telekanali reportajida ma’lum qilindi.

Ular xonadon bekasi va uning 6 yoshli farzandiga kuch ishlatib, qiynab, uydan pul va qimmatli buyumlarni olib chiqib ketishgan. Voqea joyiga yetib kelgan tezkor guruhning aniqlashicha, bosqinchilar aka-uka bo‘lgan. Ular jinoyat izini yashirishga harakat qilishgan.

Aka-ukalar qo‘lga olingach, jinoyat sodir etilgan uyda voqealar qanday kechganini ularning o‘zlari aytib berishgan.

Ayni vaqtda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilgan. Hozirda ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB fuqarolardan begona shaxslarga eshiklarini ochmasligini so‘ragan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан