Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasida “makulatura” to‘plab yurgan ayol va erkak qamaldi
22.04.2021 21:27,  
348

20 aprel kuni soat 15.30 da 102 raqamiga fuqaro Sh.A. qo‘ng‘iroq qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib olgan erkak va ayol makulatura to‘plab yurganlari haqida xabar berdi.

Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 45 yoshli Umirbek Xo‘jayevni va muqaddam talonchilik va o‘g‘rilik uchun ikki marta sudlangan 36 yoshli Nadejda Samonovalarni qo‘lga olishdi. Xodimlarga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan mazkur shaxslar haqiqatdan ham ichki ishlar organlarining xizmat kiyimini kiyib olishgan edi. Huquqbuzarlar Yakkasaroy tumani IIO FMB 2-son Ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib tekshirilganda ularning yonida ikkita pichoq borligi aniqlandi.

Yakkasaroy tumani IIO FMB U. Xo‘jayev va N. Samonovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-3-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi”), 194-moddasi 1-qismi (“ Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 209-1-moddasi (“Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yakkasaroy tumani sudi U. Xo‘jayev va N. Samonovalarni qayd etilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topib, ularning har biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini belgiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан