Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda IIBB xodimlari ayollarni kuch ishlatib, xizmat mashinasiga o‘tqizayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi
15.04.2021 23:36,  
692

Toshkent shahar IIBB xodimlari ayollarni xizmat avtomobili tomon olib ketayotgani aks etgan videotasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati bunga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 14 aprel kuni, taxminan, soat 21:30 da Qoratosh va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari avtomobillar qatnov qismida farzandlari bilan tilanchilik qilib, haydovchilarga xalaqit berayotgan uch nafar ayolni ko‘rgan.

Ayollar tilanchilik qilish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirilib, ularning shaxslarini aniqlash maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga taklif qilingan. Bunga javoban ayollar atrofdagilarning rahmini keltirish uchun baqirib, xodimlarga faol qarshilik qila boshlgan.

Ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan ayollar samarqandlik, ikki farzandli 25 yoshli M.Yu., 30 yoshli Z.Sh. va 25 yoshli S.U. ekanligi, ular muqaddam bir necha marotaba ogohlantirilgani aniqlangan.

«Bundan avval xodimlar mazkur ayollarni yo‘l qismida tilanchilik maqsadida bolalaridan foydalanayotganliklarining guvohi bo‘lgan. Bu ayollarning yo‘l qatnov qismida tilanchilik qilishi nafaqat ularning o‘zlari, balki norasida go‘daklarining hayoti uchun ham xavfli bo‘lib, kamiga, boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining hayotini ham xavf ostida qoldirgan.

Ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha xabar beriladi», — deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан