Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda IIBB xodimlari maktab o‘quvchilarining yirik janjalini oldini olishdi
13.07.2021 07:37,  
695

2021 yil 10 iyul kuni taxminan soat 20.30 larda navbatchilik qismiga Mirobod tumanidagi Shaxrisabz va Istiqlol ko‘chalari kesishmasida bir nechta yosh yigitlar to‘planganligi hamda o‘zaro munosabatlarini hal qilishayotganligi, ularning bu mojarosi katta janjalga aylanib ketishi mumkinligi haqidagi xabar kelib tushgan.

IIBB ma’lum qilishicha, hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘nlab voyaga yetmaganlarni – 8,9,11-sinf o‘quvchilari o‘zaro bahslashayotganligini aniqlashgan. Sodir bo‘lgan voqeaning sabablarini o‘rganish maqsadida ularning barchasi Yashnobod tumani IIO FMB ga olib kelingan.  

Mojaro ishtirokchilaridan birining Toshkent shahar IIBB xodimlariga ma’lum qilishicha, munosabatlarni hal qilishiga ijtimoiy tarmoqlarda raqibi uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitganligi sabab bo‘lgan.

Toshket shahar IIBB xodimlari voyaga yetmaganlar bilan ro‘y bergan hodisa haqida ota-onalariga xabar berishib, ularning ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazishgan.

Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан