Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi
22.10.2021 18:16,  
151

22 oktyabr kuni soat 08:10 larda Toshkentning Olmazor tumanida ikki avtomobil yuzma-yuz to‘qnashishi oqibatida bir yo‘lovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qamarniso ko‘chasida A’lo V. (2002 y. t.) "Nexia-3" avtomashinasida (davlat raqami 01 S 375 JB) qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va natijada Zabihulla H. (1958 y. t.) boshqaruvidagi Spark avtomashinasi (davlat raqami 10 M 858 GA) bilan to‘qnashib ketgan.

To‘qnashuv natijasida Spark  yo‘lovchisi, Manzura H. (1968 y. t.) olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2- bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан