Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki haydovchining janjali jinoiy ish ochilishiga sabab bo‘ldi
14.05.2019 12:41,  
30

Toshkentda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali jinoiy ish ochilishiga olib keldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

“24-aprel kuni soat 11.30 da Chilonzor tumanida “Neksiya-2” rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli Obidjon Ch. Toshkent xalqa yo‘li bo‘ylab harakatlana turib, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Hasan I. bilan janjallashib qoldi. Kelishmovchilik haydovchilar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari sababli yuzaga chiqqan”, - deyiladi xabarda.

IIBB xabariga ko‘ra, janjallashish haydovchilardan biri ikkinchisini urgan. Sud-tibbiy ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, Hasan I.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan. Obidjon Ch.ga nisbatan O‘zbekiston  Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан