Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki kishi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
3.05.2019 20:39,  
1

3 may kuni taxminan 14:30 da Toshkent halqa yo‘liga tutash ikkinchi darajali yo‘lda joylashgan «Chinni bozor» bekatida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

147-yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz (18- avtobus saroyi) avtobusi haydovchisi T. M. yo‘lovchilarni tushirayotgan vaqtda hozircha aniqlanmagan sababga ko‘ra transport vositasi o‘z-o‘zida oldinga harakatlanib ketadi.

Avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yuboradi. Taxminan 10 metrlar ilgarilagan avtobusning old o‘ng g‘ildiragi beton ariqqa kirib, to‘xtaydi.

14 yoshli S. G. Va 30−35 yoshlardagi hozircha shaxsi aniqlanmagan ayol hodisa joyida vafot etdi. Chilonzor tuman IIB jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi masalasini hal qiladi, YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан