Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki kundan so‘ng karantin bekor qilinadimi?
4.05.2020 13:25,  
3220

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Toshkent shahrida karantin 2 kundan keyin tugaydi degan xabarlar jtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu nechog‘lik haqiqatga yaqin?

— Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, Toshkent shahrida karantin ikki kundan keyin tugaydi degan xabarlar asossiz. 

Karantinni o‘rnatish va uni bekor qilish Respublika muvofiqlashtirish komissiyasining vakolati  xisoblanadi.

Ushbu komissiyaning rasmiy ma’lumotidan tashqari, tarqatilgan  barcha turdagi ma’lumotlarga aslo ishonish kerak emas.

Ularning ma’lumotiga ishonsangiz va karantin talablarini buzsangiz, demak Siz karantin talablarini buzganlikda ayblanasiz va ma’muriy javobgarlikga (jarimaga) tortilishingiz mumkin.

Jinoyat kodeksining 244 (prim 5) - moddasiga muvofiq, haqiatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmaslik kerak. 

— Yaqinda koronavirus qayd etilmagan hududlarda bosqichma-bosqich karantin talablarini yumshatish bo‘yicha Prezidentimiz topshiriq berdi. Respublikamizda shunday hududlar bormi?

— Joriy yilning 29 aprelida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.

Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.

Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha ko‘p, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sog‘aygan.

— Bir qator davlatlar Xitoy test tizimi yaroqsizligidan shikoyat qilishgan. Shu sabab vaziyat nazoratdan chiqib ketgan. Bizda Xitoydan keltirilgan testlar bilan qanday tekshirishmoqda?

— Javob tushunarli bo‘lishi uchun respublika bo‘ylab labratoriyaviy tashxis qanday qo‘yilishini tushuntiraman.

O‘zbekistonda joylardagi virusologiya laboratoriyalari aholi orasida bemorlarni aniqlash ishlarini olib boradi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining virusologiya laboratoriyasi viloyatlardan jo‘natilgan shubhali va musbat namunalarni tasdiqlash va yakuniy tashxis qo‘yish bilan shug‘ullanadi.

Test tizimlari sezuvchanlik va o‘ziga xoslik bilan baholanadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda qo‘llanadigan Xitoy, Germaniya va Rossiya test tizimlari yuqori sezuvchan va o‘ziga xos.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан