Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki maktab o‘quvchilari mushtlashishdi
29.09.2021 21:38,  
291

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 28 sentyabr kuni 94-maktabning 9 va 10-sinf o‘quvchilari hamda 145-maktabning 9-sinf o‘quvchilari Telegram orqali o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng ular shu kuni taxminan soat 13:20 larda Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida uchrashib, munosabatlarga oydinlik kiritmoqchi bo‘lgan. 20 ga yaqin o‘quvchilar o‘rtasida janjal boshlangan.

Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va katta mojaroning oldini olgan.

Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан