Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikki shaxs qalbaki $40 mingga xonadon sotib oldi
28.12.2021 17:22,  
296

2021 yil 5 avgust kuni fuqaro H.T. hamda “Abror” ismli shaxslar fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri, Markaz-5 mavzesida joylashgan xonadonni 40 ming AQSh dollariga sotib olishini va’da qilib, 4 pachka 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni (39,6 ming AQSh dollari qalbaki 400 AQSh dolari haqiqiy) bergan holda xonadonni notarial tartibda o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan.

Shu kuni H.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, jinoiy sherigi “Abror” ismli shaxs bilan birga J.R.ga berilgan 496 dona qalbaki, 4 dona haqiqiy 100 AQSh dollarlik kupyuralarni va xonadon hujjatlarini egallash maqsadida R.J.ning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda to‘pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, uni urib, qo‘rqitib, bo‘g‘gan holda H.T. tomonidan berilgan qalbaki pullarni va uy hujjatlarini berishni talab qilib, R.J.ga tan jarohati yetkazishgan. 

Holat yuzasidan noma’lum shaxs “Abror”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 176-moddasi 3-qismi “a” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surishtiruv ishlari davomida, 2021 yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB, O‘zbekiston Respublikasi DHX va Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “Abror” ismli shaxs, 1995 y.t., Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi, fuqaro X.A. ekanligi aniqlanib, Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “G‘isht-Ko‘prik” bojxona postida qo‘lga olindi va O‘zbekiston Respublikasi IIV VSHga joylashtirildi. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан