Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ikkita kovid-markaz yopildi. Markazlarning yopilishi epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatishi aytildi
30.11.2020 18:40,  
390

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ochilgan ayrim markazlar («Atlas», «Yoshlik») vaqtinchalik yopildi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi.

«Toshkent shahridagi taqsimlash markazlari yopilishining sabablaridan biri koronavirusga chalingan bemorlar soni kamayganidir. Shuningdek, taqsimlash markazlarining yopilishi, poytaxtda, umuman, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashganini anglatadi.

To‘g‘ri, ko‘plab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, ko‘plab davlatlar ikkinchi to‘lqindan aziyat chekmoqda. Bu bizni hushyorlikka chaqirishi lozim. Shunga ko‘ra, bugungi kunda davlat va barcha manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha ishlar olib borishmoqda va kasallik dinamikasi oshganda yopilgan ob’yektlar tezkor ravishda qayta ochiladi.

Bundan tashqari, mamlakat shifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga chalingan bemorlarni samarali davolash bo‘yicha katta tajriba orttirishdi, kasbiy mahoratlarini ham oshirishdi.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan barcha mavjud markazlar zarur yotoq-o‘rinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan ta’minlangan, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham ushbu ta’minotlar saqlab qolinadi. Takroriy to‘lqin ro‘y bersa, ushbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam ko‘rsatish uchun tiklanadi», dedi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан