Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ishsizlarga ajratilgan, Namanganda bog‘cha ta’miri uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilindi
7.08.2020 18:36,  
356

Byudjet mablag‘larini «yo‘lini qilib», o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilish odatiy holga aylanayotgani kundan-kunga oydinlashib bormoqda. Bu haqda, jilla qursa, bitta xabar chiqmagan kun yo‘q.

Bugun ham Bosh prokuratura matbuot xizmatidan shunga o‘xshash bir emas, ikkita xabar keldi. Birinchisi — Chilonzor tumanidan bo‘lib, «K.X.» MFY raisi N.R. va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori A.R.larning kirdikorlariga oid. Ya’nikim, mahkama huzuridagi Departament xodimlari aniqlashicha, qayd etilgan shaxslar oldindan til biriktirib, markazga ish so‘rab murojaat qilmagan va ishsizlar ro‘yxatiga kiritilmagan 26 nafar fuqaroning go‘yoki jamoat ishlariga jalb etilganligi haqida soxta hujjatlar tuzishadi. Va shu orqali jami 36,2 mln. so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishadi.

Ikkinchi holat Namanganning Uchqo‘rg‘onida aniqlandi. Viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi IK texnik nazoratchisi N.M. «N.B.» MChJ rahbari M.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tumandagi 41-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlariga «qo‘shib yozib», 173,2 mln. so‘m byudjet mablag‘larini tuya qilishgan.

Har ikki holat bo‘yicha o‘zlashtirish, mansab soxtakorligi va hujjatlarni qalbakilashtirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан