Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ sotilayotgani aniqlandi
17.05.2019 13:25,  
8

Bosh prokuratura matbuot xizmati 23,6 ming kilo iste’molga yaroqsiz sariyog‘ aniqlangani haqida xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. YaTT “A.B”ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg. sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Z-T” MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste’mol qilish muddati o‘tgan jami 22 450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, “I-F” MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg sariyog‘ “O‘rikzor” savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste’molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd. so‘mlik jami 23 625 kg iste’mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан