Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda «ISUZU» rusumidagi avtobus ag‘darilib ketdi. Bir qancha yo‘lovchi jarohat oldi
7.05.2021 19:41,  
247

Bugun, 7 may kuni soat 11:15 atrofida, "12-Avtobus saroyi" MChJ tasarrufidagi, saroy raqami 287 bo‘lgan, 130-sonli avtobus yo‘nalishida harakatlanuvchi «ISUZU» rusumli avtobus Nilufar 3-tor ko‘chasi bo‘ylab Nilufar chorrahasi tomon boshqarib kelayotgan vaqtda, mazkur chorrahasida Matiz rusumli yengil avtomobil avtobusni chap tomoniga kelib urilgan. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada avtobus muvozanatni yo‘qotib ag‘darilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l transport hodisasi «Matiz» haydovchisining yo‘l harakati qoidalarini buzishi natijasida sodir bo‘lgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobusning to‘rt nafar yo‘lovchisiga tan jaroxati yetgan va ular Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi qatnashchilariga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektorlari tomonidan rasmiylashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан