Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda “Isuzu” va “Kamaz” to‘qnashib ketdi
20.03.2020 19:40,  
299

Bugun 20 mart kuni soat 16:30 lar atrofida Olmazor tumani “Toshkent o‘yinchoqlari” zavodi bekatida og‘ir yuk mashinasi va avtobus ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ xabar qildi.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, 8-avtobus saroyi tasarrufidagi 109-yo‘nalishda qatnovchi, R.Mirtillayev boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobus bekatda harakatsiz holatda bo‘lgan. 

2004 yilda tug‘ilgan (15 yosh) B.K boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli transport vositasi haydovchining  ehtiyotsizligi oqibatida  yonlab o‘tayotgan vaqtda avtobusning chap yon qismiga urilgan. 

Ushbu to‘qnashuv natijasida 2 kishi jarohatlangan va o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea joyida bayonnoma rasmiylashtirgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Yo‘llarda harakatlanganda jamoat transportiga halaqit bermang. Uning yo‘nalishda erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilmang. Zero, unda har birimizning yaqinlarimiz bo‘lishi mumkin. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga esa hech birimizning haqqimiz yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан