Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda jamoat transporti harakati to‘xtatildi
22.03.2020 01:10,  
1059

22 martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga ko‘ra:

•  yo‘lovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;

•  shahardagi shifoxonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun ularning xodimlari soniga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda maxsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;

•  jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi. 

Har kuni yo‘nalishga chiqqan har bir taksiga shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida ma’lumotnoma berib boriladi.

Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan vaqtda yo‘nalishsiz taksilarda tashish bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan yo‘l haqlarini sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

«Yo‘lovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan o‘tmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan o‘tkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi. Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yo‘l haqini oshirib yubormasdan, mo‘’tadil ushlab turish so‘raladi», — deyiladi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning murojaatida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 21 mart soat 23:59 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 41 ta holat aniqlangan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан