Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda kaltaklangan fuqarolar qasdini olish maqsadida mebel do‘konini yoqib yubordi
23.02.2021 08:34,  
360

Toshkentda ikki fuqaro ularni kaltaklagan shaxsdan qasdini olish maqsadida mebel do‘koniga o‘t qo‘yib, 600 million so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 fevral kuni soat 19:00 larda Chilonzor tumani Guliston mavzesi TXAY ko‘chasida gumma sotuvchi Y.A. gumma sotish uchun mo‘ljallangan stolini yig‘ishtirib, aravaga ortayotgan vaqtida unga ilgari tan jarohati yetkazib, haqorat qilgan S.S. J.T. bilan Lacetti’da kelib, Y.A.ni to‘xtatgan vaqtida u ushbu avtomashinani old va ikki old eshiklari oynalarini aravada bo‘lgan stol oyog‘i bilan urib sindirib, ushbu stol oyog‘i bilan S.S.ga ham tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjalga gumma sotuvchi erkakning qarindoshi B.K. ham qo‘shilib, qo‘lidagi temir quvur (truba) bilan S.S.ga tan jarohati yetkazgan.

Ushbu janjaldan so‘ng, 15 fevral kuni soat 04:50 da, S.S. va J.T. qasd olish maqsadida gumma sotuvchi erkakning qarindoshi B.K.ga tegishli, ukasi K.K.ning nomida bo‘lgan, Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni hududidagi mebellar do‘koniga qasddan o‘t qo‘yib, jami 500 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Ushbu mebellar do‘koniga tutashgan Grant Builder MChJning sotuv markazi binosining bir qismiga ham yong‘in o‘tib, 100 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘t qo‘ygan S.S. va J.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, S.S. va J.T. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Y.A. va B.K.ga nisbatan esa Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан