Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda karantin choralari yumshatilganligi uchun qarzdorlar elektr energiyasidan uzilmoqda
28.05.2020 15:45,  
485

Bugun, 28 may kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilar to‘planganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Bloger davletovuzʼning xabar berishicha, navbatda turganlar elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Bu binoning tashqarisi, ichkarida bundan badtar, deydi u. Ko‘pchiligi karantin tufayli daromadini yo‘qotgan, puli yo‘q, qarzga yoqib beringlar, deb iltimos qilishmoqda.

“Davlat bir bemorga o‘rtacha 32 mln so‘m sarflayapti. Shu odamlarning umumiy qarzi 32 mln chiqmasa kerak.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilar (jismoniy) elektr energiyasidan vaqtincha uzilmaydi, degan edi bir paytlar,“ — deb yozadi bloger.

Foto: davletovuz

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ushbu vaziyatga munosabat bildirdi:

“Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida, elektr energiyasidan qarzdor (jismoniy) iste’molchilar tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi haqida xabar bergan edik.

So‘nggi kunlarda, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, karantin choralari yumshatilganligi bois foydalanilgan elektr energiyasidan vujudga kelgan qarzdorliklarni ortishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qarzdor iste’molchilar tarmoqdan ajratilmoqda. Shu munosabat bilan iste’molchilardan ishlatilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini so‘raymiz“ deyiladi kompaniya xabarida.

Foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tuman elektr ta’minoti korxonalariga tashrif buyurmasdan mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet va boshqalar) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligi eslatildi.

Shuningdek, ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek elektr ta’minoti korxonasidagi vaziyat iste’molchilar o‘rtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida to‘liq bartaraf etilgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан