Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda katta miqdordagi "tropikamid" aylanmasi fosh qilindi
25.03.2020 15:48,  
618

Toshkent shahar Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.I. va A.B.lar o‘zlari istiqomat qilayotgan xonadonda 7600 dona “Tropikamid” dori vositalarini qonunga xilof ravishda saqlashayotganligi aniqlandi.

Tadbir Davlat bojxona qo‘mitasi, IIV hamda DXX xodimlari hamkorligida tashkil qilindi.

Tezkor tadbirda davomida ushbu dori vositalarini dorixonalarga noqonuniy ravishda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan yana 2 nafar shaxs – A.J va P.M. ham qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan mazkur tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri hududida yashirin ravishda tarqatilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 1 mlrd. 216 mln. 160 ming so‘mlik dori vositalari qonunbuzarlardan olib qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан