Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda KfW'ning mahalliy byurosi ochiladi
2.10.2020 12:17,  
82

Toshkentda Germaniyaning Iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosi ochiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori (PQ-4844) imzolandi, deb xabar bermoqda Norma.uz portali. 

KfW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) - 80% i Germaniya federal hukumatiga (20% i federal yerlarga) banklar guruhi. U 1948 yilda Yevropani urushdan keyingi tiklash dasturini amalga oshirish uchun yaratilgan ("Marshall rejasi"). Bosh ofisi Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab 80 ga yaqin ofis va vakolatxonalar ochgan.

Guruhning xalqaro moliyalashtirish bo‘yicha quyidagi bo‘linmalari mavjud:

  • KfW IPEX-Bank - xalqaro loyiha va eksportni moliyalashtirish uchun mas’ul;
  • DEG - KfW'ning sho‘ba korxonasi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoya kiritadigan kompaniyalarni moliyalashtiradi va maslahat beradi;
  • KfW Taraqqiyot banki - Germaniya hukumati nomidan butun dunyo bo‘ylab moliyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari suradi.

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hukumatlararo kelishuvni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ hisoblanadi. Toshkentdagi KfW mahalliy byurosi xorijiy davlatning iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik bo‘yicha davlat tashkilotining vakolatxonasi sifatida akkreditatsiyadan o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан