Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda kimo‘zarga harakatlanib, to‘qnashuv sodir etgan ikki avtobus haydovchisi ishdan bo‘shatildi
5.12.2020 11:02,  
188

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 72- hamda 148-sonli avtobus haydovchilarining kimo‘zarga harakatlanishi aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

“Toshshahartransxizmat” AJ mazkur holatni tezkorlikda o‘rganib chiqqanini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, 2020 yilning 4 dekabr kuni soat 07:40larda “2-avtobus saroyi” MChJ haydovchisi F. Mirsaidov 72-sonli yo‘nalishda “Mersedes-Bens Low Floor” rusumli avtobusni, “5-avtobus saroyi” MChJ haydovchisi D. Do‘smatov 148-yo‘nalishda “Isuzu” rusumli avtobusni Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotib, yo‘lovchilar va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda kimo‘zarga harakatlangan va “Ashxobod saylgohi” bekatida to‘qnashuv sodir etgan. 

“Mazkur haydovchilar yo‘lovchilar va boshqa harakat ishtirokchilari hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda harakatlanib, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yishi oqibatida YTH sodir bo‘lganligi uchun ular bilan avtosaroy o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”, — deyiladi ma’lumotda.

Hodisa yuzasidan har ikkala avtosaroy HXB boshliqlari voqea joyiga chiqdi va qoidabuzar haydovchilarga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu bayonnomaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 134-moddasiga asosan, haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан