Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ko‘chada ketayotib yuragi to‘xtab qolgan 2 yoshli bolaning hayoti saqlab qolindi (video)
19.07.2019 11:34,  
57

18 iyul kuni Toshkentdagi Lor Plus Servis xususiy klinikasiga qo‘lida ikki yoshli bolasi bilan yugurib kelgan ota-onaga zudlik bilan yordam ko‘rsatilib, bolakayning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolakay nafas olmay qo‘ygan, yuragi ham to‘xtab qolgan. Bunga qadar ko‘chada ketishayotganida bolakayning tana harorati ko‘tarilib ketib, tutqanoq boshlangan. Nima sababdan bunday bo‘lgani hozircha noma’lum.

Bolakayning ota-onasi yaqin atrofda klinika borligini ko‘rib, o‘sha yerga yugurib borgan. Voqeadan xabar topgan otolaringolog Sergey Tobias yordamga oshiqqan. U uzoq vaqt davomida maxsus vositalarsiz bolakayning yuragini massaj qilgan.

Natijada bolakay yana hayotga qaytgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан