Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ko‘chalarning chiroqlari elektrni tejash uchun o‘chirildimi yoki odamlar kechqurun yurmasligi uchunmi?
24.04.2020 12:49,  
752

Avval ma’lum qilinganidek, bugun AOKA shtabida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Farhod Mahmudxo‘jayev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Qorasuv-1 mavzesida yashayman. Ko‘cha chiroqlarini o‘chirishgan va har bir uy oldida bittadan ko‘cha chirog‘i qoldirilgan.

Buni elektr energiyasini tejash uchun qilishganmi yoki odamlar kechqurun yurishmasligi uchunmi?

Javob: Mavsumiy jala va yomg‘irlardan so‘ng elektr tarmoqlarida ko‘cha chiroqlarida uzilish va qisqa tutashuvlar sodir bo‘ldi. Bundan tashqari daraxtlarning singgan shoxlari ham vaziyatni qiyinlashtirdi va tarmoq uzilishi holatlarini ko‘payishiga sabab bo‘ldi.

22 aprelda avariya holatlarining aksariyati bartaraf etildi, jumladan fuqaro murojaati bo‘yicha ham Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘cha chiroqlari ta’mirlangan.

Agar hozirda elektr tarmoqlarida muammolar paydo bo‘lsa, bu iqlim ta’sirida emas, balki texnik sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Bunday holatlar shtat rejimida bartaraf etiladi.

Elektr energiyasini tejash uchun ko‘cha chiroqlari o‘chirilmaydi.

Savol: Isitish mavsumi tugashiga qaramay, xonadonlarda isitish tizimi ishlamoqda. Bu yil uchun isitish tizimi to‘loviga ta’sir qiladimi, iste’molchi isitish mavsumi uzaytirilgani uchun qo‘shimcha to‘lash kerak bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q, qo‘shimcha pul to‘lanmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан