Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ko‘p qavatli uyning liftida voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qilgan erkakka hukm o‘qildi
11.02.2021 10:34,  
537

36 yoshli oilasidan ajrashgan, bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor, yollanma ishchi bo‘lib ishlaydigan va muqaddam sudlangan erkak uch nafar voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qilib, buzuq niyatini amalga oshirmoqchi bo‘ladi... 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudida yuqoridagi holat yuzasidan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi sudyasi Farhod Abdushukurov xabar qildi.

Sudlanuvchi 2020 yilning 28 noyabrida shirakayf bo‘lib oladi. Toshkent shahar Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining birinchi qavatidagi liftga voyaga yetmagan ikki qizning kirib ketganini ko‘radi. O‘zining hojatini chiqarish uchun ularning 16 yoshga to‘lmagani ayon bo‘lgan yoshlar ekanini bila turib, qizlarning ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko‘tarilgunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyatsiz-buzuq harakatlar qiladi... Qizlardan birining qo‘llaridan ushlab, o‘ziga tortib, qo‘li bilan zo‘rlik ishlatadi... Buzuq niyatini amalga oshirishga undagan vaqtida lift oltinchi qavatga ko‘tarilib, eshiklari ochilishni boshlaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Oradan chamasi o‘n daqiqalar o‘tgach, liftga yana bir voyaga yetmagan qizning kirib ketayotganini ko‘radi. Uning ham ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko‘tarilgunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida yana o‘sha “hunari”ni takrorlaydi. Qiz unga qarshilik qilib turgan vaqtida lift oltinchi qavatga ko‘tarilib, eshiklari ochilganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

“NOMA’QUL IShGA QO‘L URIB QO‘YDIM”

Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi...

— Uyatsiz-buzuq harakatlar qilganman. Keyin lift eshiklari ochilib qolgach, pastga tushib ketganman. Bir oz vaqtdan so‘ng yana shu uyning o‘zida bir qiz liftga kirdi. Shu qizga ham mastlikda nima qilayotganimni anglamay, ahloqsiz ish qildim. 

Qizlar 16 yoshga to‘lmagani, hali voyaga yetmagani ko‘rinib turgandi. Ammo shu kuni spirtli ichimlik iste’mol qilganim sabablimi, bilmasdan shunday noma’qul ishga qo‘l urib qo‘ydim. Qilgan ishimdan pushaymonman. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан