Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda ko‘plab harbiylarga yangi xonadonlar topshirildi (foto)
12.01.2020 22:35,  
349

Bayram arafasida poytaxtning Yashnabod tumanidagi “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan ko‘p qavatli uy-joylarni o‘z egalariga tantanali topshirildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu uylar O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilgan.

Bayramona tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 11 ta 7 qavatli 462 xonadondan iborat ko‘p qavatli uy-joylarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida bayram shukuhi Sergeli tumani 8 qurilish hududida joylashagan yangi turarjoy majmuasiga ham ko‘chdi.

Bu yerda ham 11 ta 7 qavatli 438 xonadondan iborat ko‘rkam uylarning kalitlari harbiy xizmatchilarga tantanali topshirildi.

“Olmos” MFY hududida Mudofaa vazirligi xarbiy xizmatchilari uchun 2018 jami 900 xonadondan iborat 31ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ushbu uylarning birinchi qavatidan 4 ta bolalar bog‘chasi va 1 ta oilaviy poliklinika ham o‘rin olgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан