Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi
16.07.2020 16:52,  
556

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaro Sh. A. (erkak) shu yilning 6 iyulida holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, bosh og‘rig‘i, hansirash paydo bo‘lgach, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bemorda COVID-19 tasdiqlangan. Shundan so‘ng u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlagan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorda, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, qandli diabet 2-turi, semizlik 2-3-darajasi borligi ham qayd etilgan.

So‘nggi kunlarda bemorning ahvoli yomonlashgan, zudlik bilan o‘pka, yurak reanimatsiyasi amalga oshirilgan. O‘tkazilgan muolajaga qaramasdan, yurak ritmi tiklanmagan va bemor o‘tkir yurak qon-tomir hamda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda rasman koronavirusdan vafot etganlar soni 73 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 14 787 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 8 655 kishi kasallikdan tuzalgan. 6 060 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda, ulardan 60 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан